Yosh tadqiqotchilar uchun saboq

Yosh tadqiqotchilar uchun saboq

2019 yil 5 mart kuni Bosh prokuratura Akademiyasida Huquqiy muammolarni ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiq qilish hamda ilmiy xodimlarni tayyorlash markazi tomonidan “Fan soati” loyihasi doirasida “Ilmiy tadqiqotni baholash usullari” mavzusiga bag'ishlangan seminar o'tkazildi.

Seminarda Bosh prokuratura Akademiyasining professor-o'qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari va faoliyati ilmiy tadqiqot bilan aloqador xodimlar qatnashdi.

Seminarda Akademiya kafedrasi dotsenti, yuridik fanlari doktori V.Karimov ma'ruza qildi.

Ma'ruzachi tomonidan ilmiy tadqiqotni baholash usullari, ushbu usullarni amalga oshirish, ularning tadqiqot natijalariga ta'siri, shuningdek dissertatsiya tadqiqoti bilan shug'ullanish jarayonida yuzaga keladigan masalalar va ularning hal etishiga oid tavsiyalar bo'yicha batafsil ma'lumot berildi.

Munozaralar ochiq va qizg'in suhbat tarzida bo'lib o'tdi.