Namangan viloyati prokuratura organlari xodimlari uchun mashg'ulotlar o'tkazildi

Namangan viloyati prokuratura organlari xodimlari uchun mashg'ulotlar o'tkazildi

Joriy yilning 4-5 mart kunlari Bosh prokuratura Akademiyasining Prokurorlik faoliyatini psixologik ta'minlash bo'limi tomonidan Namangan viloyati prokuratura organlari xodimlari uchun «Tizimli tahlil va muammolar yechimi» mavzusida o'quv mashg'ulotlari o'tkazildi.

Mashg'ulotlarda Namangan viloyat prokuratura organlari xodimlari, tuman (shahar) prokurorlarining o'rinbosarlari va yordamchilari ishtirok etishdi. Mashg'ulotlar davomida prokurorlik kasbiy faoliyatida uchrab turadigan dolzarb muammolarning tizimli yechimini topish masalalari muhokama qilindi.

Mashg'ulotlar prokuratura organlari xodimlari faoliyatida vujudga keladigan eng dolzarb kundalik muammolarning faol muhokamasiga tinglovchilarni jalb etishga asoslangan interaktiv shaklda o'tkazildi.

Muammo va muammoli vaziyatlarni aniqlash, ularning diagnostikasi va klassifikatsiyasi, muammolar bilan ishlash texnologiyalari, shuningdek, muhim muammolarning muqobil yechimlarini qidirishga alohida e'tibor qaratildi.

Mashg'ulotlar yakunidagi tinglovchilardan olingan qayta aloqa mazkur kurs samaradorligini ko'rsatdi.