«O'zbekistonda javobgarlikdan ozod qilish va javobgarlikka tortilishini tiklash tizimini kiritish» loyihasi

«O'zbekistonda javobgarlikdan ozod qilish va javobgarlikka tortilishini tiklash tizimini kiritish» loyihasi

Joriy yilning 4-5 mart kunlari Bosh prokuratura Akademiyasi «UNICEF» bolalar fondi bilan hamkorlikda voyaga yetmaganlar uchun odil sudlovi masalalari bo'yicha xalqaro ekspert Ingrid van Velzenis ishtirokida «Toshkent shahar Chilonzor tumani misolida O'zbekistonda javobgarlikdan ozod qilish va javobgarlikka tortilishini tiklash tizimini kiritish» loyihasi doirasida bir qator uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Tadbirlarda «UNICEF», Oliy sud, Bosh prokuratura, Bosh prokuratura Akademiyasi, IIV, Advokatlar palatasi, «Oila» markazi, «Mahalla» Jamg'armasi, Yoshlar Ittifoqi vakillari, shuningdek, jinoyat ishlari bo'yicha Chilonzor tumani sudi sudyalari, tuman prokuraturasi, ichki ishlar organlari, tuman hokimiyatining rahbariyati va xodimlari ishtirok etishdi.

Uchrashuvlarda ishtirokchilar voyaga yetmagan huquqbuzarlarni rasman sud muhokamasiga yubormasdan turib javobgarlikdan ozod qilish, shuningdek javobgarlikka tortilishini tiklash jarayonidagi muammolarni jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilari hamkorligida hal qilishga oid masalalar muhokama qilindi.

Ekspert ishtirokchilarni huquqbuzarliklar sodir etgan voyaga yetmaganlarni ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortish o'rniga, ularga nisbatan muqobil ta'sir choralarini qo'llash orqali (probatsiya) suddan tashqari hal etilishini ko'zda tutuvchi loyiha bilan tanishtirdi.

Voyaga yetmaganlarni javobgarlikdan ozod qilish hamda javobgarlikka tortilishini tiklash tizimini tatbiq qilinishi bo'yicha tuman IIB FMB profilaktika inspektorlari, ijtimoiy soha vakillari va boshqa mas'ul shaxslar uchun joriy yilning 6-18 mart kunlari Chilonzor tumanidagi «Ground Zero Coworking Center» majmuasida ekspert va mutaxassislar tomonidan treninglar o'tkazilishi rejalashtirilgan.