Ichki ishlar organlari xodimlarining malakasini oshirishga mas'ul shaxslarning pedagogik mahoratini kuchaytirish

Ichki ishlar organlari xodimlarining malakasini oshirishga mas'ul shaxslarning pedagogik mahoratini kuchaytirish

Jinoyatlarni fosh etish va tezkor-qidiruv faoliyati yo'nalishlarida ishlarni samarali tashkil etish uchun birinchi navbatda bajarilishi zarur bo'lgan amaliy tadbirlar bo'yicha Yo'l xaritasining 18-bandi ijrosi doirasida ichki ishlar organlari xodimlarining malakasini oshirishga mas'ul shaxslarning pedagogik mahoratini kuchaytirish maqsadida joriy yilning 5 mart kuni Bosh prokuratura Akademiyasida o'quv mashg'ulotlari tashkil qilindi.

Mashg'ulotda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi” kafedrasi hamda Bosh prokuratura Akademiyasi professor-o'qituvchilari ishtirok etdi.

Ushbu mashg'ulotga huquqiy ta'lim bo'yicha xalqaro ekspert professor Teodor Parnall, “Tetra Tech DPK” eksperti Zulfiya Ismailovalar taklif qilindi.

Ekspertlar tomonidan o'quv mashg'ulotlarini o'tkazish uslubiyoti, o'quv jarayonini tashkil qilishda qo'llaniladigan yangi texnologiyalar, tinglovchilarni baholash mezonlari, modul tizimi imkoniyatlari, o'quv dasturlarni tuzishda e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan jihatlar haqida ma'lumotlar berildi.

Qatnashchilar mashg'ulot jarayonida o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi va amalda o'quv jarayonida duch keladigan muammoli holatlarni muhokama qilishdi.