2019 yilning 11 mart kuni Bosh prokuratura Akademiyasida Yevropa Ittifoqining (YEI) O'zbekistondagi vakolatxonasi raxbari, elchi E.Stiprays bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida E.Stiprays Akademiyaning asosiy faoliyati, shu jumladan prokuratura organlari xodimlarini o'qitish jarayoni va korruptsiyaga qarshi kurash hamda jinoyatlarni profilaktika qilish va oldini olish sohasida olib borilayotgan tadqiqolar bilan tanishdi.
Shu bilan birga, masofaviy ta'limni joriy etish, magistratura dasturini ishlab chiqish va loyihaviy boshqaruvni implementatsiya qilish bo'yicha Akademiyada olib borilaetgan ishlar muhimligi qayd etib o'tildi.
O'z navbatida, E.Stiprays “Qonun ustuvorligi” mintaqaviy loyixasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hakida ma'lumot berib, Akademiyani ushbu loyixada ishtirok etish
imkoniyatini qo'rib chikishini ta'kidlab o'tdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikning barcha sohalarida aloqalarni yanada chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.