Akademiya xodimlarining AQShga tanishuv tashrifi

Akademiya xodimlarining AQShga tanishuv tashrifi

Joriy yilning 2-8 mart kunlari “Hududiy muloqot” Xalqaro nodavlat tashkiloti kumagida Bosh prokuratura va Akademiya xodimlarining Amerika Qo'shma Shtatlariga tanishuv tashrifi tashkil etildi.   

Tanishuv tashrifi davomida AQSH Davlat departamentining Markaziy va Janubiy Osiyo masalalari bo'yicha Byurosi, shuningdek boshqa muassasalar bilan xususan Tinchlik instituti, Probatsiya xizmati, FTB Akademiyasi, internet orqali sodir etilayotgan jinoyatlar bo'yicha shikoyatlar berish Markazi va jinoiy odil sudlov bo'yicha Axborot xizmati vakillari bilan uchrashuvlar tashkillashtirildi.  

Uchrashuv davomida delegatsiya a'zolari ushbu muassasalar faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

AQShning probatsiya va sudga qadar xizmat ko'rsatish tizimi hamda FTB Akademiyasining o'quv jarayoni shuningdek, jinoiy odil sudlov bo'yicha Axborot xizmati bo'limining huquqni muhofaza qiluvchi organlarga va ularning milliy xavfsizlik masalalari bo'yicha sheriklariga taqdim etilayotgan alohida xizmatlar ko'rsatish faoliyati delegatsiya vakillarida alohida qiziqish uyg'otdi.

Tashrif yakunida tomonlar kelgusidagi hamkorlikni muhokama qilishda hamda birgalikdagi ishlarni olib borish sohalarini belgilab olishdi.