Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malaka oshirish

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malaka oshirish

2020 yil 20 oktyabr kuni Akademiyada AQShning O'zbekistondagi elchixonasi ko'magida Budapesht shahridagi (Vengriya) Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi organlar akademiyasi (ILEA) tomonidan tashkillashtirilgan “Davlat sektorida korrupsiya va amaliy ishlar tahlili” mavzusida onlayn o'quv kursi bo'lib o'tdi.

O'quv kursi Albaniya, Bolgariya, Chexiya Respublikasi, Vengriya, Moldova, Slovakiya va O'zbekiston Respublikasi vakillari ishtirokida AQSH Adliya vazirligi Federal tergov byurosining (FTB) instruktorlari tomonidan o'tkazildi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasidan Bosh prokuratura, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Akademiya xodimlari ishtirok etdi.

O'quv kurs davomida korrupsiyaga oid jinoyatlarni tergov qilish strategiyalari, FTBning AQSH davlat sektoridagi korruptsiya jinoyatlarini tergov qilish maxsus usullari muayyan jinoyat ishlari misolida ko'rib chiqildi.

O'quv kursi ishtirokchilari tomonidan uning dolzarbligi va amaliy ahamiyati qayd etib o'tildi.