2019 yilning 15 mart kuni Bosh prokuratura Akademiyasida Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) rahbari Yorg Pudelka hamda “Markaziy Osiyo davlatlarida huquqiy davlatchilik bo'yicha hamkorlik” loyihasi Dasturi bo'yicha O'zbekistondagi loyiha rahbari Kristine Kore-Perkone bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv ma'muriy va fuqarolik huquqi sohalarida kelgusi hamkorlik loyihalarini muhokama qilish maqsadida o'tkazildi.
Uchrashuv yakunida taraflar tadbirlar o'tkazish, shuningdek, prokuratura organlari xodimlari malakasini oshirish maqsadida xorijiy ekspertlarni jalb qilish borasida hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.