Yunusobod tumani ichki ishlar organlari xodimlarining bilimi, kasbiy tayyorgarligi va mas'uliyatini oshirishga doir o'quv kurslari o'tkazildi

Yunusobod tumani ichki ishlar organlari xodimlarining bilimi, kasbiy tayyorgarligi va mas'uliyatini oshirishga doir o'quv kurslari o'tkazildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvarda Yunusobod tumani 7-son ichki ishlar bo'limiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida 2019 yil 4 mart kunidan 16 mart kuniga qadar Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan Yunusobod tumani ichki ishlar organlari xodimlarining bilimi, kasbiy tayyorgarligi va mas'uliyatini oshirishga doir o'quv kurslari tashkil etildi.

O'quv kurslari dasturida tezkor-qidiruv faoliyatini olib borishning samarali usullari, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va tergov faoliyatini amalga oshirishning ayrim masalalari, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va profilaktikasini tashkil etishning dolzarb masalalari, Ichki ishlar vazirligi organlarida ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va ijro intizomini mustahkamlash masalalari hamda boshqa mavzular kiritilgan bo'lib, ushbu kurslar davomida Yunusobod tumani 7-son ichki ishlar bo'limida tuman ichki ishlar organlari tizimida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tezkor-qidiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va huquqbuzarliklarni oldini olish tarmoqlari xodimlari o'qitildi.

Ichki ishlar organlarini kasbiy bilimi va malakasini oshirishga yo'naltirilgan o'quv kurslari Bosh prokuratura Akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining professor o'qituvchilari hamda yuqori tajribaga ega bo'lgan xodimlar tomonidan o'tkazilib, ushbu kurslarda innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanildi.