BMTning odil sudlov va jinoyatchilikni oldini olish dasturi koordinatori bilan uchrashuv o'tkazildi

BMTning odil sudlov va jinoyatchilikni oldini olish dasturi koordinatori bilan uchrashuv o'tkazildi

Joriy yilning 27 mart kuni Bosh prokuratura Akademiyasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining giyohvand moddalar va jinoyatchilik boshqarmasining (BMT GJB) odil sudlov va jinoyatchilikni oldini olish dasturi koordinatori Bianka Kopp bilan uchrashuv o'tkazildi.

Ushbu uchrashuv BMT GJBning “Ta'lim va odil sudlov” (E4J) Tashabbusi bilan Akademiya o'rtasida o'rnatilgan hamkorligi doirasida amalga oshirildi.

Uchrashuv davomida Bianka Kopp terrorizmni oldini olish, korrupsiya va kiberjinoyatchilik bilan kurash va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'yicha oliy va o'rta-maxsus ta'lim uchun yo'naltirilgan modullarni o'z ichiga qamrab olgan E4Jning yangi o'quv materiallari haqida ma'lumot berib o'tdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar yuqorida keltirib o'tilgan sohalar doirasida hamkorlikni davom ettirish haqida kelishib olishdi.