O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida davlat va mahalliy boshqaruv organlarining kuch va vositalarini muvofiqlashtirish hamda bu borada belgilangan tadbirlarni samarali amalga oshirilishini tashkillashtirish uchun o'quv-uslubiy qo'llanmalar ishlab chiqish bo'yicha mualliflar jamoasining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Qurolli kuchlar Akademiyasi, Milliy gvardiya harbiy-texnik instituti, “Mahalla” va “Nuroniy” jamg'armalari, Xotin-qizlar qo'mitasi va Yoshlar ittifoqi vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida axborot texnologiyalarini keng qo'llagan holda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faollari va jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb etishning usullari va tashkilliy shakllari, shuningdek maqsadli guruhlar bilan ishlarni tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.
Ishtirokchilar tomonidan huquqbuzarliklarning oldini olish va bu borada ilg'or texnologiyalarni qo'llash strategiyasini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda samarali hamkorlik bo'yicha eng yaxshi amaliy misollar va tavsiyalarni kiritgan holda qo'llanmaning amaliy yo'nalishda bo'lishini ta'minlash muhimligi qayd etib o'tildi.