“Ta'lim muassasalarida zo'ravonlik profilaktikasining psixologik asoslari” mavzusida davra suhbati

“Ta'lim muassasalarida zo'ravonlik profilaktikasining psixologik asoslari” mavzusida davra suhbati

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi hamkorligida AQShning  Anoka Ramsey kolleji professori, psixologiya fanlari mutaxassisi Lori Vulf ishtirokida o'quvchilar o'rtasida zo'ravonlikning oldini olish mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Tadbirda Ichki ishlar vazirligi,  Maktabgacha ta'lim vazirligi, Xotin-qizlar qo'mitasi, Milliy gvardiya harbiy-texnik instituti, Toshkent Pediatriya instituti hamda Bosh prokuraturasi Akademiyasi vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida Lori Vulf ta'lim muassasalarida zo'ravonliklarni tahlil qilish, vaziyatni bartaraf etishning ilg'or psixologik usullari haqida batafsil ma'lumot berdi.

Davra suhbatida ishtirokchilar bolalar o'rtasida zo'ravonlikka qarshi kurashish sohasida huquqiy bazani mustahkamlash, keng jamoatchilikni zo'ravonlikka qarshi kurashish va uning sabablarini o'rganishga jalb qilish zarurligini ta'kidladi.