Joriy yilning 27 mart kuni Bosh prokuratura Akademiyasida KPMG xalqaro audit-konsalting kompaniyasi vakillari bilan mahalliy miqyosidagi korruptsiyani oldini olish masalalarida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvning maqsadi – Toshkent shahar, Chilonzor tumanidagi davlat organlarida KPMGning texnologiyalaridan samarali foydalangan holda korrupsiyaning oldini olish tizimini takomillashtirish bo'ldi.
Uchrashuv yakunlariga ko'ra, KPMG kompaniyasi vakillari bilan Chilonzor tumanida korrupsiyaga duchor bo'lgan sohalarni aniqlash va ularni kamaytirish bo'yicha hamkorlikdagi tadqiqotlarni o'tkazish yuzasidan kelishuvga erishildi.