Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor-o'qituvchilari ishtirokida o'quv mashg'ulotlari tashkil qilindi

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor-o'qituvchilari ishtirokida o'quv mashg'ulotlari tashkil qilindi

2019 yilning birinchi yarmida jinoyatlarni fosh etish va tezkor-qidiruv faoliyati yo'nalishlarida ishlarni samarali tashkil etish uchun birinchi navbatda bajarilishi zarur bo'lgan amaliy tadbirlar bo'yicha Yo'l xaritasining tegishli bandlari ijrosi doirasida ichki ishlar organlarining xodimlarining malakasini oshirishga mas'ul shaxslarning pedagogik mahoratini kuchaytirish maqsadida joriy yilning 26-28 mart kunlari Bosh prokuratura Akademiyasida O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor-o'qituvchilari ishtirokida o'quv mashg'ulotlari tashkil qilindi.

O'quv kurslar davomida Akademiya professor-o'qituvchilari tomonidan o'quv jarayonida interfaol metodlardan foydalanish, o'quv jarayonini tashkil etishning psixologik jihatlari va bunda qo'llaniladigan yangi texnologiyalar, tinglovchilarni baholash mezonlari, modul tizimi imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

Qatnashchilar mashg'ulot jarayonida o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va amalda o'quv jarayonida duch keladigan muammoli holatlarni muhokama qilishdi.

Seminar treninglarning samarali bo'lganligini inobatga olib, ularni kelgusida ham tashkil qilish borasida kelishib olindi.