Joriy yilning 06 mart kuni Bosh prokuratura Akademiyasida Riga huquq oliy maktabining rektori v.b. Y.Ikstens hamda Riga huquq maktabi direktori I.Ratsena bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida ta'lim jarayoniga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, xodimlarning o'zaro tajriba almashish mexanizmlarini rivojlantirish, o'quv jarayoni sifatini boshqarish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv natijalariga ko'ra taraflar hamkorlikda o'quv modullarini, korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, xalqaro grant dasturlarida ishtirok etish hamda ilmiy xodimlarning stajirovkasini tashkil etish bo'yicha kelishuvga erishdilar.