JICA tashkilotining O'zbekistondagi vakillari bilan uchrashuv

JICA tashkilotining O'zbekistondagi vakillari bilan uchrashuv

Joriy yilning 4 aprel kuni Bosh prokuratura Akademiyasida Akademiya rahbariyatining Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligining O'zbekistondagi vakili O.Shun hamda JICA dasturlari koordinatori F.Kurbanov bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida JICA grant dasturlarida ishtirok etish, magistratura uchun o'quv modullari ishlab chiqish, xodimlar orasida o'zaro tajriba almashish mexanizmlarini kengaytirish hamda Akademiya faoliyatiga yaponiyalik ekspertlarni jalb qilish borasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.