Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan 2019 yil 11 fevralda tasdiqlangan “Yo'l xarita”lari ijrosini ta'minlash maqsadida, Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan IIV Akademiyasi hamda IIVning malaka oshirish instituti xodimlari bilan hamkorlikda ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari va tergovchilari uchun jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek bezorilik, firibgarlik hamda o'zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish jinoyatlarini oldini olish va jinoyatlarni jilovlash tadbirlarni o'tkazish tartibi borasidagi kasbiy bilim va malakalarini oshirishga doir o'quv kurslari tashkil etildi.
O'quv kurslar Dasturiga muvofiq, ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari va tergovchilariga shaxsni profilaktik hisobga olish asoslari va tartibi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa idoralar bilan o'zaro hamkorligi, ma'muriy hududdagi kriminogen vaziyatni o'rganish va tahlil qilish ahvoli, bezorilik, firibgarlik va o'zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish jinoyatlarining oldini olish borasidagi faoliyati, mazkur jinoyatlar bo'yicha dastlabki tergov harakatlarini olib borishning o'ziga xos xususiyatlari, yakka tartibdagi va viktimologik profilaktik tadbirlarni amalga oshirish, sud-ekspertizalarini tayinlash turlari hamda ularni o'tkazish tartibi mavzularida nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarini oshirishga doir mashg'ulotlar o'tkazildi.