AQSH Davlat Departamentining Demokratiya, inson huquqlari va mehnat bo'yicha Byurosi global dasturlari ofisi vakillari bilan uchrashuv

AQSH Davlat Departamentining Demokratiya, inson huquqlari va mehnat bo'yicha Byurosi global dasturlari ofisi vakillari bilan uchrashuv

Joriy yilning 12 aprel kuni Akademiyada AQSH Davlat Departamentining Demokratiya, inson huquqlari va mehnat bo'yicha Byurosi global dasturlari ofisi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda prokuratura organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, Akademiyaning o'quv, ilmiy-tadqiqot yo'nalishlaridagi xalqaro va idoralararo hamkorlik aloqalari, korruptsiyaga qarshi kurash va huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari muhokama qilindi.