Ilmiy faoliyatni rag'batlantirish – fanni rivojlantirish omili

Ilmiy faoliyatni rag'batlantirish – fanni rivojlantirish omili

29 aprel kuni Bosh prokuratura Akademiyasining Huquqiy muammolarni ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiq qilish hamda ilmiy xodimlarni tayyorlash markazi tomonidan “Oliy ta'lim muassasalarida ilm-fanni rivojlantirish” mavzusiga bag'ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida Bosh prokuratura Akademiyasining professor-o'qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari va faoliyati ilmiy tadqiqot bilan aloqador xodimlar qatnashdi. Davra suhbatida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi boshqarma boshlig'i t.f.d., professor B.M.Ismoilov ma'ruza qildi.

Ma'ruzachi tomonidan oliy ta'lim tizimida ilmni rivojlantirish yo'lida yaratilgan imkoniyatlar, shuningdek ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishdagi ayrim muammolar va ularning yechimlari bo'yicha batafsil ma'lumot berildi.