Akademiya kengashining navbatdagi majlisi

Akademiya kengashining navbatdagi majlisi

29 aprel kuni Bosh prokuratura Akademiyasining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi.

Majlisda joriy yilning 16-17 may kunlari Bosh prokuratura Akademiyasining tashkil etilganligining bir yilligiga bag'ishlangan “Huquqni muhofaza qilish sohasida ilmiy va ta'lim salohiyatini oshirish: zamonaviy tendentsiyalar va istiqbollari” mavzusida bo'lib o'tadigan xalqaro konferensiyasiga tayyorgarlik masalalari ko'rib chiqildi.

Akademiya professor-o'qituvchilari tomonidan tayyorlangan “Tezkor qidiruv faoliyati va inson huquqlari” va “Fuqarolik sud ishlarini yuritishda oshkoralik tamoyili va jamoatchilik nazoratini ta'minlashning dolzarb masalalari” nomli monografiyalar ham Kengash a'zolari tomonidan muhokama qilindi.

Shuningdek, kun tartibidagi boshqa masalalar bo'yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.