Akademiya rahbariyatining Fransiya delegatsiyasi bilan uchrashuvi

Akademiya rahbariyatining Fransiya delegatsiyasi bilan uchrashuvi

Joriy yilning 29 aprel kuni Bosh prokuratura Akademiyasida Fransiya Respublikasi adliya sohasidagi Xalqaro xamkorlik tashkiloti bosh direktori Nikol` Koshe, uning o'rinbosari Adrien Elba va Frantsiya Adliya vazirligi vakili Aleksandr Savi, shuningdek O'zbekiston Respublikasidagi Fransiya elchixonasining vakillari Emili Dezorm`er va Tomas Nadjar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida mehmonlarga Akademiyaning asosiy vazifalari va faoliyati, o'qish jarayonini tashkil etish, ilmiy faoliyat haqida ma'lumotlar berildi. Fransuz tomoni ko'mak va hamkorlikni ta'minlash, talabalar hamda Akademiya xodimlari uchun maxsus kurslarni o'tkazish, shuningdek Milliy magistratura maktabi (ENM) bilan aloqalarni rivojlantirishga qiziqish bildirdi.

Tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlarini belgilab olishdi, jinoiy-huquqiy sohada hamkorlik qilish uchun huquqiy asos yaratish, shuningdek, Fransiya Adliya vazirligi bilan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi o'rtasidagi Memorandumni imzolash orqali texnik yordam ko'rsatish masalalarni muhokama etdilar.