2019 yilning 25-26 aprel kunlari Bosh prokuratura Akademiyasi va Buyuk Britaniya elchixonasi bilan hamkorlikda “Terrorizmga qarshi kurash siyosatini amalga oshirishda Buyuk Britaniya tajribasi” mavzusida seminar o'tkazildi.
Seminar vakolatli organlarning terrorizmga qarshi kurash bilan bog'liq global va ilg'or amaliyoti haqida bilimlarini oshirishga qaratildi.
Tadbirda Bosh prokuratura, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligining tegishli tuzilmalari xodimlari hamda Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligi Akademiyalarining professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi.
Seminarda xalqaro ekspertlar sifatida terrorizmga qarshi kurash bo'yicha “AML Consultancy Global LTD” maslahatchilari Ralf Roshe va Uorren Barloular ma'ruza qilishdi.
Tadbir davomida Buyuk Britaniyaning terrorizmga qarshi kurashga oid tajribasi va siyosati, terrorizmga oid jinoyatlarni tergov qilishda tezkor ma'lumotlar almashinuvi, kriminalistik va texnik vositalarni qo'llash, ekspertiza imkoniyatlaridan samarali foydalanish kabi masalalar muhokama etildi.
Seminar ishtirokchilari o'zaro fikr almashib, o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.