Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish akademiyasi bilan hamkorlik

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish akademiyasi bilan hamkorlik

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha xalqaro ta'lim tashkilotlari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida 2019 yilning 23 may kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi rahbariyati Laksenburgdagi (Avstriya) Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish akademiyasiga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida Akademiya rahbariyati korrupsiyaga qarshi kurashish borasida mutaxassis va amaliyotchilarni tayyorlash va ta'limi sohasidagi global muassasa hisoblanuvchi Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurashish akademiyasi faoliyati bilan tanishtirildi.

Uchrashuv doirasida Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish akademiyasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish hamda Bosh prokuratura Akademiyasi bilan ta'lim sohasida hamkorlikni o'rnatish masalalari muhokama qilindi.