Tezkor-qidiruv faoliyati – jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligi omili

Tezkor-qidiruv faoliyati – jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligi omili

27 may kuni Bosh prokuratura Akademiyasining Iqtisodiy jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni tashkil etish kafedrasi tomonidan “Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashishda tezkor-qidiruv faoliyati imkoniyatlaridan foydalanish masalalari” mavzusiga bag'ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati Akademiyaning 2019 yilning 1-yarmiga mo'ljallangan ish rejasiga muvofiq tashkil etilib, unda O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Tezkor-qidiruv faoliyati kafedrasi, Bojxona instituti, Bosh prokuratura Akademiyasi professor-o'qituvchilari va Rahbar kadrlarni qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tezkor bo'linmalari xodimlari ishtirok etishdi.

Davra suhbatida iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashishda tezkor-qidiruv faoliyati imkoniyatlaridan foydalanishda yuzaga kelayotgan ayrim muammolar va ularni hal qilish, tezkor-qidiruv faoliyati qonunchiligini yanada takomillashtirish, tezkor bo'linmalar hamda surishtiruv va tergov organlari o'zaro hamkorligini yanada takomillashtirish, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo'yicha prokuratura organlari tezkor bo'linma xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga mo'ljallangan o'quv mashg'ulotlari samaradorligini oshirish borasida fikr almashildi.