Joriy yilning 28 may kuni Bosh prokuratura Akademiyasida “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning prekursorlari va analoglarini noqonuniy aylanishi, shu jumladan, Internet tarmog'i orqali sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish ustidan prokuror nazorati” mavzusida davra suhbati o'tkazdi.
Davra suhbatida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o'rinbosari Erkin Yuldashev, Belarus Respublikasi Bosh prokurori o'rinbosari Aleksey Stuk, Belarus Respublikasi Gomel viloyati prokurori Viktor Morozov, Belarus Respublikasi Vitebsk viloyati prokurori o'rinbosari Georgiy Korenko, Belarus Respublikasi Bosh prokuraturasi tashkiliy-nazorat boshqarmasi prokurori Yevgeniya Kondratenok, shuningdek, Bosh prokuratura va O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbirda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning prekursorlari va analoglarini noqonuniy aylanmasiga oid jinoyat ishlarini tergov qilish, tezkor-qidiruv faoliyati, jinoyat ishlarini sudda ko'rishda prokuror vakolatlarini ta'minlash ustidan prokuror nazoratini ta'minlashning dolzarb masalalari yoritildi.
Uchrashuv qatnashchilari huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yuqorida ta'kidlangan yo'nalishdagi jinoyatlarni aniqlash, tergov qilish, ularni oldini olish borasida xalqaro hamda idoralararo hamkorligini mustahkamlash, shu jumladan, qo'shma tezkor-tergov guruhlarini tuzish muhimligini ta'kidladilar.
Tadbir bilimlarni, professional tajribani va ilg'or amaliy tajribani almashish uchun qulay platformaga aylandi.