DBQ Bojxona institutining kursant va o'qituvchilariga Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha o'quv treningi

DBQ Bojxona institutining kursant va o'qituvchilariga Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha o'quv treningi

Bosh prokuratura Akademiyasining ustuvor yo'nalishlaridan biri huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari malakasini oshirish hamda idoralar xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurash sohasida halqaro reytinglarni baholash metodikasi bilan tanishtirishdan iboratdir.

Shu munosabat bilan, Bosh prokuratura va Davlat bojxona qo'mitasi raxbariyati tomonidan tasdiqlangan Davlat bojxona qo'mitasining Bojxona instituti kursantlari orasida Korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni oldini olish dasturi doirasida 2019 yil 25 may kuni Bosh prokuratura Akademiyasida “Xalqaro va milliy korrupsiyaga qarshi kurash standartlari” mavzusida o'quv treningi o'tkazildi.

Trening davomida Akademiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta'lim markazi xodimlari hamda Bojxona institutining o'qituvchilari tomonidan tadbir ishtirokchilariga korrupsiyaga qarshi kurashda xalqaro standartlar va eng yaxshi amaliyot talablari to'g'risida, Transparency Internationalning Korrupsiyani  qabul qilish indeksi uslubiyotining asosiy qoidalari, bojxona organlarining faoliyatida manfaatlar to'qnashuvini oldini olish va hal qilish bo'yicha amaliy chora-tadbirlar to'g'risida ma'lumot berdilar.