Bosh prokuratura Akademiyasining bir guruh xodimlari xukumat ekspertlari sifatida BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi ishtirokchi davlatlari tomonidan konventsiya ijrosini ta'minlash mexanizmida ishtirok etmoqdalar.
Joriy yilning may oyida Iroq Respublikasi ekspertlari va BMTning NJQKB Kotibiyati bilan hamkorlikda, davlatga tashrif buyurgan holda, Myanma tomonidan BMTning Korrupsiyaga qarshi kurashish konventsiyasida nazarda tutilgan korruptsiyani oldini olish va aktivlarni qaytarish bo'yicha amalga oshirilgan choralarning holati baholandi.
Ekspertlar tomonidan Konvensiyani ijro etish bo'yicha 2013 yilda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi Qonuni qabul qilinganligi va Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha Myanma komissiyasi tuzilganligini o'z ichiga olgan qonunchilik va institutsional choralar ko'rilishi nuqtai nazaridan o'sish mavjudligi aytib o'tildi.
O'rganish mexanizmining nuqtai nazaridan va ko'rib chiqish jarayonining samaradorligini ta'minlash muhimligini hisobga olgan holda, muhokamalar konstruktiv hamkorlik, muloqot va o'zaro ishonch ruxida o'tkazildi.
Ekspertlar tomonidan mamlakatlarni o'rganishni o'tkazish bo'yicha qo'llanmaga muvofiq BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasini amalga oshirish bo'yicha erishilgan yutuqlarni, muvaffaqiyatli amaliyotlar va qiyinchiliklarni hamda sharhlarni aniqlaydigan axborot tayyorlanadi.