Milliy sudlov kolledji (AQSH) ekspertlari ishtirokida masofaviy ta'lim bo'yicha seminar tashkil etildi

Milliy sudlov kolledji (AQSH) ekspertlari ishtirokida masofaviy ta'lim bo'yicha seminar tashkil etildi

20-26 may kunlari TETRA TECH DPK bilan hamkorlikda Akademiyada Milliy sudlov kolledji (AQSH) ekspertlari Djozef Soyer hamda Uilyam Branson ishtirokida “Samarali masofaviy ta'limni tashkil etish masalalari” mavzusida amaliy seminar-trening bo'lib o'tdi.

Seminar o'quv kurslari kontenti va dizaynini ishlab chiqish, masofaviy ta'lim jarayonida zamonaviy interaktiv metodlarni qo'llash borasidagi ilg'or tajribani o'rganish orqali Akademiyaning elektron o'qitish salohiyatini yuksaltirish maqsadida o'tkazildi.

Trening davomida asinxron va sinxron interaktiv ta'lim berish, masofaviy o'qitish platformalarining samaradorligi, elektron o'qitish materiallarini shakllantirish, katta yoshdagilarni o'qitish nazariyalari va uslublari, o'quv siklining vazifalari va dizaynini ishlab chiqish, tushunish va eslab qolish darajasini oshirishga yo'naltirilgan texnologiyalarni qo'llash, samarali taqdimot, jumladan video taqdimot yaratish uchun zarur bo'lgan metodika va dasturiy ta'minotni tanlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Seminar dasturidan an'anaviy va onlayn darsxonalarda masofaviy ta'lim imtatsiyasi muhitidagi amaliy mashg'ulotlar o'rin olgan bo'lgan bo'lib, unda ishtirokchilar ham tinglovchilar, ham moderatorlar sifatida tajriba orttirish imkoniga ega bo'ldilar.

Natijada Akademiya professor-o'qituvchilari, Elektron ta'lim bo'limi va O'quv jarayonini tashkil etish va nazorat qilish bo'limi vakillaridan iborat 40 nafar xodim masofaviy o'qitish bo'yicha malaka oshirdilar.