Korrupsiya bilan bog'liq jinoyatlarni tergov qilish masalalariga bag'ishlangan seminar-treningda ishtirok

Korrupsiya bilan bog'liq jinoyatlarni tergov qilish masalalariga bag'ishlangan seminar-treningda ishtirok

Akademiya xodimlari “Mintaqaviy muloqot” XNT tomonidan Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida 2019 yilning 28-30 may kunlari tashkil etilgan “Korrupsiyaga oid murakkab ishlar bo'yicha tergov va sud ishlarini yuritish” mavzusidagi seminar-treningda ishtirok etishdi.   

Seminar-treningda korrupsiya sohasidagi xalqaro va xorijiy ekspertlar: Afrika taraqqiyot bankining Korrupsiyaga qarshi kurashish departamenti tergov ishlari bo'yicha direktori Bler Xassi (Kot-dIvuar), Justice Rapid Response tashkilotining tergov va guvohlarni himoya qilish bo'yicha eksperti Stefani Xassi (Kanada), IHRT Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog'ining Istambul harakatlar rejasi doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha maslahatchisi Andrey Kuxaruk (Ukraina), Latviya Bosh prokuraturasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha katta prokurori Maris Urbans va “Mintaqaviy muloqot” XNT eksperti Goran Klemenchich (Sloveniya) qatnashdi.

Ishtirokchilar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha samarali chora-tadbirlar, korrupsiyaga oid jinoyatlarni aniqlash manbalari, ma'lumot beruvchi shaxslar va guvohlarni himoya qilishni tashkillashtirish, moliyaviy tergovni amalga oshirish, elektron dalillardan foydalanish, jinoiy yo'l bilan orttirilgan mulklarni muzlatish va musodara qilish hamda boshqa masalalar muhokama qilindi.

Tadbir milliy mutaxassislarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar va ilg'or xorijiy tajriba bilan tanishish imkonini berdi.