O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ilmiy-amaliy va tizimli tahliliy ishlar olib borilmoqda.
2019 yil 29 may kuni Akademiyaning doimiy faoliyat olib boruvchi hududiy shtabi ishi doirasida Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida o'quv-seminari o'tkazildi.
Seminarda Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi xodimlari ishtirok etishdi (huquqbuzarliklar profilaktikasiga mas'ul 200 ga yaqin xodim).
Alohida e'tibor jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi, bu borada mavjud kuch va vositalardan samarali foydalanishga qaratildi.
Tadbir davomida sohadagi faoliyat natijalarini yanada yaxshilash, bunga jamoat tashkilotlari, ayniqsa Yoshlar Ittifoqi, Xotin-qizlar qo'mitasi, Oila markazi va boshqa jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillarini kengroq jalb etish bo'yicha tavsiyalar berildi.
Seminar jarayonida kelib tushgan savollarga batafsil tushuntirishlar berildi.