10 iyun kuni Bosh prokuratura Akademiyasining Huquqiy muammolarni ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiq qilish hamda ilmiy xodimlarni tayyorlash markazi tomonidan “Tahliliy ma'lumotnomalar tayyorlash ko'nikmalarini shakllantirish” mavzusiga bag'ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida Bosh prokuratura Akademiyasining professor-o'qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari va faoliyati ilmiy tadqiqot bilan aloqador xodimlar qatnashdi.
Tadbir davomida qonun ijodkorligi jarayonida tahliliy faoliyatni amalga oshirishning dolzarb masalalari, shuningdek qonunchilik texnikasi muammolari va ularni hal etish yo'llari har tomonlama ko'rib chiqildi.