Bosh prokuraturaning bir guruh xodimlari, shu jumladan Akademiya va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti vakillari joriy yilning 3-5 iyun kunlari Rossiya Federatsiyasining Bosh prokuraturasi tomonidan Moskva shahrida tashkil etilgan “Korrupsiya, uyushgan jinoyatchilik va jinoiy yo'l bilan topilgan daromadlarni legalashtirishga qarshi kurashish to'g'risidagi qonunlarning ijro etilishi ustidan prokuror nazorati” mavzusidagi seminarda ishtirok etishdi.
Seminar O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining Bosh prokuraturalari o'rtasidagi 2019-2020 yillarga mo'ljallangan hamkorlik dasturini ijro qilish maqsadida o'tkazildi.
Seminar davomida korrupsiyaga qarshi kurshish sohasidagi huquqni qo'llash amaliyoti, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishda prokuratura organlarining o'rni, korrupsiyaga oid jinoyatlarni aniqlash va tergov qilishda qonunlarga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratini tashkil etish, jinoiy yo'l bilan topilgan daromadlarni legallashtirishni oldini olish tizimiga oid masalalar muhokama qilindi.
Seminar ishtirokchilari O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha davlat siyosati, shuningdek mamlakatda so'nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xabardor qilindi.