Joriy yil 11 iyun kuni Bosh prokuratura Akademiyasida “Axborot xavfsizligini ta'minlashning asoslari” mavzusida trening o'tkazildi.
Treningda Rossiya va Qozog'istonning tegishli sertifikatga ega ekspertlari, Bosh prokuratura, Milliy gvardiya va Akademiya xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida axborot xavsizligini ta'minlash, axborotni muhofaza qilishning tashkiliy, texnik-muhandislik, apparat-dasturiy metodlarini qo'llash masalalari atroflicha muhokama qilindi, shuningdek axborot tizimlariga tahdidlar ehtimoli tahlil qilinib, ularning tashqi va ichki tahdidlardan zaiflik darajasi baholandi.
Trening dasturi nazariy kurs va amaliy laboratoriya ishlaridan iborat.
Ishtirokchilar zamonaviy axborot muhofazasi vositalarini qo'llash metodlarini o'zlashtirib olishdi. Trening yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.