Prokuratura organlarini malakali kadrlar bilan ta'minlash – davr talabi

Prokuratura organlarini malakali kadrlar bilan ta'minlash – davr talabi

Magistr kadrlarini tayyorlash bo'yicha Akademiyaning faoliyati prokuratura organlarini zamonaviy va malakali xodimlar bilan ta'minlash uchun istiqbolli ta'lim muhitini yaratish namunasidir.

Shu munosabat bilan 2019/2020 o'quv yili magistratura bitiruvchilari Akademiya Kengashi tomonidan prokuratura organlariga xizmatga qabul qilish uchun tavsiya etildi.

Nomzodlarning shaxsiy fazilatlari, ularning faoliyati, bilimi va salohiyati hamda ularning ilmiy ishlarida ko'tarilgan masalalarning dolzarbligi to'g'risidagi ma'lumotlar Bosh prokurorning o'rinbosari E.T.Yuldashev raisligida o'tkazilgan tanlov komissiyasining navbatdagi yig'ilishida ko'rib chiqildi.

Tanlov natijalari bo'yicha Bosh prokuraturaning tanlov komissiyasi tomonidan Akademiya magistraturasini tugatgan bir guruh nomzodlarni prokuratura organlariga xizmatga qabul qilish haqida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, “Korruptsiyaga qarshi kurashish” mutaxassisligini bitirgan bir qator nomzodlar Korruptsiyaga qarshi kurashish Agentligiga lovozimlarga tavsiya etildi.

Akademiya jamoasi magistratura bitiruvchilarini muborakbod etib, ularga kasbiy faoliyatlarida yangi yutuqlarni tilab qoladi.