“Farg'ona vodiysida yoshlar ijtimoiy uyg'unlik uchun” loyihasi doirasida Bosh prokuratura Akademiyasi, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasining Mintaqaviy vakolatxonasi vakillari, shuningdek, xalqaro va xorijiy ekspertlar ishtirokida videokonferentsaloqa vositasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Tilburg universitetining viktimologiya bo'yicha mutaxassisi professor Yan Vay Dek va ekspert Djon Van Kesteringlar ishtirokida bo'lib o'tgan uchrashuvda, ular tomonidan aholi o'rtasida so'rov o'tkazish uchun ishlab chiqilgan materiallar muhokama qilindi. Milliy ekspertlar tomonidan mamlakatimizning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ushbu savollarni qayta ishlab chiqish va to'ldirish bo'yicha
qator takliflar ilgari surildi.
Loyiha yo'lga qo'yilgan vaqtdan hozirgacha erishilgan joriy natijalar muhokama qilindi, shuningdek, loyihani kengaytirish va respublikaning boshqa hududlarida ham joriy etish masalasi ko'rib chiqildi.