Akademiya magistraturasi tinglovchilarining o'quv-amaliy tashrifi

Akademiya magistraturasi tinglovchilarining o'quv-amaliy tashrifi

Joriy yilning 15 fevral kuni Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasi tinglovchilarining Toshkent viloyati Yangiyo'l shahar prokurori rahbarligidagi hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorga o'quv tashrifi amalga oshirildi.

Tashrif davomida tinglovchilar sektor shtabi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar, fuqarolarni sayyor qabul qilish jarayonida bevosita ishtirok etdilar va shu orqali murojaatlarni qabul qilish hamda fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berish tartibi borasida ko'nikamalarini mustahkamladilar.

Shuningdek, Akademiya magistraturasi tinglovchilari shahar prokuraturasi tomonidan 2019 yilda amalga oshirilgan ishlar to'g'risida Xalq deputatlari Yangiyo'l shahar kengashi oldida shahar prokurorining hisobot taqdim etish jarayonida qatnashdilar.

Bundan tashqari, tinglovchilar sharbatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Mega plyus” MCHJ faoliyati bilan tanishdilar va prokuratura organlari tomonidan hududdagi tadbirkorlik sub'ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularga amaliy yordam ko'rsatish borasida amalga oshirilayotgan ta'sirchan chora-tadbirlar to'g'risida batafsil ma'lumotga ega bo'ldilar.

Akademiya tomonidan tinglovchilarning shunga o'xshagan tashriflari tizimli  ravishda amalga oshirilib, auditoriya mashg'ulotlari jarayonida o'zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash, nazariya va amaliyotning uzviy bog'liqligini ta'minlash, zarur kasbiy kompetentsiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi.