2020 yilning 10 fevral kuni Bosh prokuratura Akademiyasida tuman (shahar) prokurorlari yordamchilari uchun “Qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazorati” mavzusidagi malaka oshirish kursi boshlandi.
Mazkur kurs aralash ta'limning “3+1” tizimi asosida tashkil etilgan bo'lib, 108 soat masofaviy o'qitish va 36 soat auditoriya mashg'ulotlari nazarda tutilgan.
Kurs dasturi ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa sohalarda qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini amaliy tashkil etishning dolzarb masalalari bo'yicha mashg'ulotlaridan tarkib topgan.
O'quv kursi yakunida tinglovchilar tomonidan amaldagi qonunchilikka kiritilgan yangiliklar, amaliyotda mavjud tizimli muammolar va kamchiliklar, ularni hal etish yo'llari hamda boshqa dolzarb masalalar bo'yicha tahliliy materiallar tayyorlanadi.
Malaka oshirish kursi o'quv tadbirlarini sifatli va samarali tashkil etish maqsadida tinglovchilar uchun mazkur masofaviy kursni o'tash tartibi, amaliy topshiriqlarni bajarish qoidalari va boshqa tashkiliy masalalarga bag'ishlangan vebinar tashkil etildi.