Strategik rejalashtirish bo'yicha trening

Strategik rejalashtirish bo'yicha trening

Bosh prokuratura Akademiyasi xodimlarining strategik rejalashtirish sohasidagi salohiyatini rivojlantirish maqsadida Akademiya rahbariyati va professor-o'qituvchilari uchun “Tashkiliy rivojlanish: strategik rejalashtirish” mavzusida 5 kunlik trening boshlandi.

Strategik rejalashtirishga oid bilimlarni oshirish va ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan ushbu trening loyiha boshqaruvi sohasidagi ekspertlar M.Xakimdjanova va N.Azimovalar tomonidan USAIDning O'zbekistonda sud-huquq islohotlari bo'yicha loyihasining Tetra Tech DPK dasturi doirasida amalga oshirilayotgan dasturi ko'magida o'tkazilmoqda.

Trening davomida ishtirokchilarga strategik rejalashtirishning maqsad va funktsiyalari, asosiy bosqichlari haqida ma'lumot berilib, ularda tashkilot salohiyatini tahlil qilish va baholash vositalarini qo'llash ko'nikmalari shakllantiriladi, shuningdek, muammolar aniqlanib, strategik maqsadlar belgilab olinadi.

Trening natijasiga ko'ra, Akademiyaning amaldagi strategiyasini prokuratura organlarini rivojlantirishning yangi vazifa va ustuvor yo'nalishlaridan kelib chiqib, qayta ko'rib chiqish rejalashtirilgan.