2020 yil 21 fevral kuni Bosh prokuratura Akademiyasida innovatsion rivojlanish vazirligi boshqarma boshlig'i SH.Otajonovning magistratura tinglovchilari, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida O'zbekiston Respublikasining ilmiy-innovatsion salohiyatini mustahkamlash va rivojlantirish, mamlakatimizda olib borilayotgan tadqiqotlar sifati va samaradorligini oshirish, shuningdek, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ilm-fanning rolini kuchaytirishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar muhokama qilindi.
Seminar ishtirokchilariga yosh olimlar uchun tanlovning boshlanayotganligi, xorijiy mamlakatlarda ish o'rganishning tashkil etilayotganligi va vazirlik tomonidan e'lon qilinayotgan loyihalarda ishtirok etishga oid boshqa masalalar haqida batafsil ma'lumot berib o'tildi.
Uchrashuv konstruktiv ruhda o'tdi, ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga to'liq javob olishdi.