Akademiya doktorant va mustaqil izlanuvchilari uchun navbatdagi sinovlar

Akademiya doktorant va mustaqil izlanuvchilari uchun navbatdagi sinovlar

2020 yilning 20 fevral kuni Bosh prokuratura Akademiyasida doktorant va mustaqil izlanuvchilar bilan “Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura” va “Korruptsiya muammolari (yuridik fanlar)” ixtisosliklari bo'yicha malakaviy imtihon o'tkazildi.

Imtihon mamlakatimizning ko'zga ko'ringan huquqshunos olimlari va mutaxassislardan iborat tarkibda tuzilgan komissiya tomonidan olib borildi.

Imtihonda doktorant va mustaqil izlanuvchilarga mamlakatimizda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ixtisoslik bo'yicha mavjud ilmiy tadqiqotlar va ulardagi zamonaviy yo'nalishlar, ixtisoslik bo'yicha tadqiq etilayotgan mavzu doirasida mavjud ilmiy muammolar va ularning yechimi yuzasidan savollar berildi.

Malakaviy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan doktorant va mustaqil izlanuvchilarga guvohnoma berildi.