Akademiyada nofilologik oliy ta'lim muassasalari ingliz tili o'qituvchilarining o'zaro tajriba almashish guruhining (UzTESPING) navbatdagi seminar-treningi bo'lib o'tdi

Akademiyada nofilologik oliy ta'lim muassasalari ingliz tili o'qituvchilarining o'zaro tajriba almashish guruhining (UzTESPING) navbatdagi seminar-treningi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 11 iyun kuni Bosh prokuratura Akademiyasida O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarni o'qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi (RIAIM) bilan hamkorlikda markaz qoshida faoliyat olib borayotgan nofilologik oliy ta'lim muassasalari ingliz tili o'qituvchilarining o'zaro tajriba almashish guruhining (UzTESPING) navbatdagi seminar-treningi bo'lib o'tdi.

Treningda oliy ta'lim muassasalarining 30 nafardan ziyod ingliz tili o'qituvchilari ishtirok etdilar.

Trening davomida Vestminister xalqaro universiteti eksperti M.Arfa, UzTESPING koordinatori K.Tangirova, O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti o'qituvchisi R.Boltaeva xorijiy tillarni o'qitishning samarali metodikalariga oid taqdimotlar qildilar.

Ishtirokchilar Bosh prokuratura Akademiyasida chet tilini o'qitish borasida olib borilayotgan ishlar, ilg'or tajribalar va qo'llanilayotgan zamonaviy metodikalar, shuningdek til o'rgatish kafedrasi faoliyati bilan tanishdilar.

Trening natijalariga ko'ra xorijlik ekspertlar tomonidan prokuratura organlari xodimlarini yuridik ingliz tilini o'qitish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.