Qonuniylik va jinoyatchilik ahvolini tahlil etish hamda tizimli kamchilik va muammolarni bartaraf etishga yo'naltirilgan o'quv kurslari

Qonuniylik va jinoyatchilik ahvolini tahlil etish hamda tizimli kamchilik va muammolarni bartaraf etishga yo'naltirilgan o'quv kurslari

Qonuniylikni ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida xodimlarning tizimli tahlil, prognozlash va rejalashtirish ko'nikmalarini takomillashtirish maqsadida, joriy yilning 12-17 iyun kunlari Akademiyada Toshkent shahri tumanlari prokurorlari va shahar prokuraturasi tarkibiy tarmoqlari boshliqlari ishtirokida “Qonuniylik va jinoyatchilik ahvolini tahlil qilish hamda tizimli kamchilik va muammolarni bartaraf etish” mavzusida qisqa muddatli o'quv kursi o'tkazildi.

O'quv mashg'ulotlariga Bosh prokuraturaning tegishli tarkibiy tarmoqlari xodimlari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi huzuridagi Respublika biznes va boshqaruv oliy maktabi vakillari ekspert sifatida jalb etildi.

O'quv dasturi tizimli yondashuv asoslari, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda qonuniylikni tahlil qilish metodlari, voyaga yetmaganlarga oid qonunlar ijrosi sohasida vaziyatni o'rganishning o'ziga xos xususiyatlari, prognozlash turlari hamda tizimli muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo'yicha ishlarni rejalashtirishning samarali usullarini qo'llash kabi bir qator dolzarb mavzularni o'z ichiga oldi.

O'quv kursi yakuniga ko'ra tinglovchilar – Toshkent shahar tumanlari prokurorlari o'zlari faoliyat ko'rsatayotgan tumanlardagi qonuniylik holati va jinoyatchilik ahvoli tahlili aks etgan taqdimotlarni namoyish qilib, tizimli muammo va kamchiliklarni bartaraf etish borasidagi taklif va mulohazalari bilan o'rtoqlashdilar.

Kurs ishtirokchilari tomonidan o'quv mashg'ulotlari davomida egallangan bilim va amaliy ko'nikmalar ularning qonuniylikni ta'minlash va jinoyatchilik profilaktikasini ta'minlash borasidagi faoliyati samaradorligini oshirishda qo'llanilishi ta'kidlandi.