Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jamoat xavfsizligini ta'minlash faoliyati o'rganib chiqildi

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jamoat xavfsizligini ta'minlash faoliyati o'rganib chiqildi

Akademiya rahbariyati va xodimlari tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ichki ishlar va prokuratura organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurash va jamoat xavfsizligini ta'minlash faoliyati samaradorligi masalalari joylarga chiqish orqali o'rganish o'tkazildi.

Ushbu joylarga chiqish orqali o'tkazilgan uchrashuvlar davomida hududiy prokuratura va ichki ishlar boshqarmalari bilan birga har bir tumanning kriminologik holatini inobatga olgan holda sodir etiladigan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning o'ziga xos xususiyatlari, shuningdek ularning sodir etilishining asosiy sabablari tahlil qilindi.

Bundan tashqari, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, hamda jamoat xavfsizligini ta'minlash samaradorligini oshirish bo'yicha yangi metodika va o'ziga xos tajriba yaratish maqsadida, jinoyatchilik sodir etilishi sabablarini tizimli tahlil qiluvchi ekspert-tahlil guruhlarining faoliyatiga jinoyatchilikni mahallalar kesimida tahlil qilishga 
asoslangan yangicha tartib joriy etildi.

Shunigdek, tadqiqot tariqasida ekspert-tahlil guruhlarning faoliyatiga, har bir sodir etilgan jinoyatni muhokama qilib, sabab va shart-sharoitlarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo'yicha kompleks choralarini ishlab chiqish tartibi hamda profilaktika inspektorlarining faoliyatiga baho berish va ishlab chiqilgan tegishli tavsiyalarini ko'rib chiqish uchun ichki ishlar organlarining komissiyalariga yuborish orqali jamoat nazoratini amalga oshirish tartibi o'rnatildi.

Shu bilan birga, ekspert-tahlil guruhlarning tadbirlar dasturiga jamoat xavfsizligini ta'minlash samaradorligini oshirish hamda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo'yicha manzilli takliflarni ishlab chiqish va ularni kiritish yuzasidan alohida ta'kidlandi.