2019 yil 25 iyun kuni Bosh prokuratura Akademiyasida Qozog'iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv Akademiyasi Boshqaruv instituti direktori E.K.Abil bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida o'quv jarayonini tashkil etish, xodimlarning o'zaro tajriba almashish mexanizmlarini rivojlantirish, loyiha boshqaruvni joriy etish va rivojlantirish tajribasi bilan almashish, magistraturaga qabul qilish va unda o'qitish, xodimlar va tinglovchilarning stajirovkasini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
YE.K.Abil Akademiya infratuzilmasi, shu jumladan multimedia markazi, kriminalistik poligon, voqea joyini tekshirish va sud jarayoni imitatsiyasini amalga oshirish xonalari, shuningdek Akademiya muzeyi bilan yaqindan tanishdi.
O'z navbatida YE.K.Abil Akademiya xodimlarida Qozog'iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv Akademiya magistraturasiga grant asosida o'qishga kirish imkoniyati borligi haqida ma'lumot berdi.
Tadbir yakunida tomonlar o'zaro foydali manfaatli munosabatlarni yo'lga qo'yish hamda ilmiy-ta'lim muassasalari o'rtasida o'zaro tushunish va hamkorlik to'g'risida Memorandum imzolashga tayyor ekanliklarini ta'kidlab o'tishdi.