Akademiya tomonidan professor-o'qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, zamonaviy talablarga javob beradigan va ta'lim sifatini yuksaltirishga xizmat qiladigan innovatsion ta'lim texnologiyalarini o'quv jarayoniga joriy etish borasidagi ishlar izchil amalga oshirib kelinmoqda.
Mazkur yo'nalishda navbatdagi “Ta'lim sifatini boshqarish” mavzusidagi seminar-trening Akademiya tomonidan Toshkent davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda 2020 yil 28 fevral kuni o'tkazildi.
Tadbirda Toshkent davlat pedagogika universiteti professori, pedagogika fanlari doktori B.Xodjaev trener sifatida ishtirok etdi.
Trening doirasida ishtirokchilar ta'lim sifatini boshqarish borasida ilg'or xorijiy tajriba, shuningdek kasbiy ta'lim va kadrlar tayyorlash uchun Yevropa ball tizimining tarkibiy qismi bo'lgan kursdan kursga o'tish va sinov birliklarini to'plashning Yevropa tizimi bilan tanishdilar.
Shu bilan birga Akademiya magistraturasida kredit-modul tizimi sharoitida o'quv jarayonini tashkil etish va fanning o'zlashtirilganligini baholash tizimining o'ziga xos xususiyatlari atroflicha ko'rib chiqildi, o'qitishning sifatini baholash, ta'limning xalqaro standartlarini hamda akademik reytingni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Trening interaktiv tarzda bo'lib o'tdi, professor B.Xodjaev ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi.
Kelgusida Toshkent davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda shu kabi tadbirlarni doimiy ravishida o'tkazib turish haqida kelishib olindi.