Akademiya magistraturasi tinglovchilari O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlari tarixi bilan tanishdi

Akademiya magistraturasi tinglovchilari O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlari tarixi bilan tanishdi

2020 yil 2 mart kuni O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlari faxriylarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash jamoatchilik markazi raisi B.X.Kalonovning magistratura tinglovchilari bilan navbatdagi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

B.X.Kalonov tinglovchilarni O'zbekiston prokuraturasi tarixi bilan tanishtirib, jumladan mustaqillikni qo'lga kiritgunga qadar prokuratura organlari faoliyati, istiqlol yillarida tizimni chinakam mustaqil O'zbekiston prokuraturasiga aylantirish borasida qo'yilgan tarixiy qadamlar haqida batafsil to'xtalib o'tdi.

Ma'ruzachi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasiga asosan jamiyatimizning barcha sohalari kabi sud-huquq sohasida ham keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilayotganligini hamda bu borada bugungi kunning dolzarb muammolarini hal etishda prokuratura xodimlarining o'rnini alohida ta'kidlab o'tdi.

Uchrashuv konstruktiv ruhda bo'lib o'tdi, tinglovchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.