Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida Bosh prokuratura Akademiyasi kafedra mudiri M.Z.Radjapova bir guruh tashabbuskor va faol ayollar qatorida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni bilan ta'sis etilgan «Mo''tabar ayol» ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
M.Z.Radjapova uzoq yillar prokuratura organlari tizimida xizmat qilib kelgan, shuningdek bugungi kunda qonuniylik va huquq-tartibotni ta'minlash borasida prokuratura organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini mustahkamlashga o'zining munosib hissasini qo'shib kelmoqda.
Akademiya jamoasi Muhtaram Ziyadullaevnani chin yurakdan yuksak mukofot bilan muborakbod etadi va mustahkam sog'liq, mehnat faoliyatida yangi zafarlar va ulkan yutuqlar tilaydi.