O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan belgilangan vazifalarni bajarish doirasida Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonida nazariya va amaliyotning uzviy bog'liqligini ta'minlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hozirgi vaqtda Bosh prokuror o'rinbosari tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq Akademiya professor-o'qituvchilari prokuratura organlari tarmoqlarida tegishli xodimlar vakolatlaridan foydalangan holda stajirovka o'tash amaliyoti yo'lga qo'yilgan.
Xususan, Akademiya o'qituvchisi G'.Shodiev Ishtixon tuman prokuraturasi tergovchisi v.v.b., Akademiya kafedrasi dotsenti N.Azizov O'zbekiston tumani prokurori yordamchisi v.v.b., Akademiya o'qituvchisi A.Akbutaev Angren shahar prokurori yordamchisi v.v.b. etib tayinlandilar.
Stajirovka o'tash davrida xodimlar murojaatlarni ko'rib chiqish, qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish, sudlarda prokuror vakolatini ta'minlash, jinoyat haqidagi ariza va xabarlarni ko'rib chiqish, dastlabki tergov jarayonlarida va boshqa prokuror-tergov ishi yo'nalishlarida o'zlarining amaliy ko'nikmalarini mustahkamlashmoqda.
Stajirovka yakunlari bo'yicha huquqni qo'llash amaliyoti tahlil qilinib, o'quv jarayonining prokuratura organlari amaliy faoliyati bilan uzviy bog'liqligini ta'minlash maqsadida o'quv imitatsiya loyihalari tayyorlanadi.