Lund universiteti bilan hamkorlik davom ettirilmoqda

Lund universiteti bilan hamkorlik davom ettirilmoqda

Bosh prokuratura Akademiyasi va Lund universiteti (Shvetsiya) o'rtasidagi Memorandum doirasida BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi ko'magida shvetsiyalik ekspertlar P.Ollson va S.Sempson ishtirokida qator o'quv va ilmiy-amaliy tadbirlar sikli o'tkazildi.

2020 yil 27-28 fevral` kunlari “Oliy ta'lim – korruptsiyasiz soha” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya bo'lib o'tib, unda Lund universitetining professori P.Olsson ma'ruza bilan ishtirok etdi.

Joriy yilning 2-6 mart kunlari Akademiya magistraturasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish” yo'nalishi tinglovchilari uchun Lund universiteti professori S.Sempson ishtirokida “Korruptsiyaviy holatlarning ijtimoiy-madaniy 
sabablari” nomli o'quv kursi tashkil etildi.

O'quv kursi korruptsiyaga qarshi komplaens nazoratini amalga oshirish, korruptsiyaga moyilligi ko'proq bo'lgan sohalarni aniqlash, xodimlar xizmat vazifalarini bajarish jarayonida manfaatlar to'qnashuvini bartaraf etish, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni hamda ularni sodir etishga turtki bo'lgan sabab va sharoitlarni aniqlash bo'yicha bilim va ko'nikmalarni rivojlantirishga yo'naltirilgan.