O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga kirish imtihonlari nihoyasiga yetdi.
Kirish imtihonlarining so'nggi bosqichi hisoblangan suhbat Akademiyada bo'lib o'tdi. Unda Bosh prokuratura va Akademiya rahbariyati va xodimlari, respublikaning yetakchi oliy yuridik ta'lim
muassasalari vakillaridan iborat komissiya a'zolari masofadan turib ishtirok etishdi.
Suhbat jarayonida tashqi kuzatuvchi sifatida Akademiyaning milliy va xorijiy hamkorlari ishtirok etdi.
Yozma imtihonni o'tkazish, uning natijalarini tekshirish hamda suhbat jarayonlari oshkora va shaffof tarzda tashkil etildi (suhbat natijalari).
Kirish imtihonlari jarayonida nomzodlar to'plagan ballarni umumlashtirish yakunlariga ko'ra eng yuqori natijalarga erishgan 30 nafar nomzod 2020/2021 o'quv yilida Akademiya magistraturasi tinglovchilari safiga tavsiya etildi.
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi jamoasi Akademiya magistraturasiga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlarni tabriklab, ularga ilm-fan, ta'lim va amaliyot cho'qqilarini egallashlarida ulkan zafarlar tilaydi.
Eslatib o'tamiz, to'lov-kontrakt asosida o'qishga qabul qilish tavsiya etilgan nomzodlar shartnomada belgilangan to'lov summasining yarmi (50%) ni 15 oktyabrga qadar to'lashlari lozim.
2020/2021 o'quv yili uchun Bosh prokuratura Akademiyasida to'lov-kontrakt miqdori 9 537 528 so'm etib belgilangan.